WwW.Hayol.Uz Faqat Biz Bilan Vaqtingni O'tkaz!!! - Shou-Biznes va Musiqa Olami!!!
Sayt Menyusi
RASM VA MUSIQA
Ajoyib Imkoniyat Saytga o'z qo'shiq rasim va reklamalarizni joylashtirmoqchi bo'lsangiz bizga murojat qiling! Biz sizga yordam beramiz E-mail uzfayl.ucoz.ru@mail.ru va Tel;+998914537888 ga murojaat qiling.
Reklama
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Bosh » 2011 » Май » 29 » Zohid va Shoxruhni nega " O'ldi " ga chiqarishdi?
12:16:30 PM
Zohid va Shoxruhni nega " O'ldi " ga chiqarishdi?
Shou-biznes olamida hech qanday reklamalarsiz mashhurlikka erishgan va hattoki konsert berishgacha borganlar kamdan kam e’tirof etiladi. "Ummon” guruhi esa haligacha tashqi reklama qilinmagan bo’lsa-da, ichki tomondan juda ko’plab muvaffaqiyatlarga erishishyapti. Mana ular yana hammani hayratga solib, "Istiqlol” san`at saroyida konsert berishlarini ma`lum qilishdi…
Qisqa ma’lumotlar
Jasur Rapikov Iskandarovich. 1991 yil 30 sentyabr kuni tug’ilgan.
Shoxruh Isamuhammedov Furqatovich. 1990 yil 1 aprelda tug’ilgan.
Zohid Riksiev Olimovich. 1990 yil 20 mart kuni tug’ilgan.
2007 yilda bu uch yigit bir guruh bo’lib ijod qilish borasida kelishib olishadi. Avvaliga ular o’z ismlari bilan keyinchalik esa "Jazo” guruhi bo’lib ijod qila boshlashdi. Aslida "Jazo” nomi Jasur va Zohid so’zlarining bosh qismidagi ikki harfiga asoslangan edi. Keyinchalik ya’ni 2009 yilda guruh o’ziga boshqa yangicha nom tanlashga qaror qildi va "Ummon” nomi yuzaga keldi...
— Xo’sh bu uch yigitning bir-biri bilan tanishishi qanday sodir bo’lgan?
Jasur: — Biz bir mahallada o’sib ulg’ayganmiz. Eng avval Zohid qo’shiqlar kuylab yurgan, keyinchalik esa biz ham o’z qiziqishlarimizni u bilan birlashtirishga harakat qildik.
— Qanday qilib konsert berdingizlar?
Shohruh: — Bilasizmi, bu ishimiz tasodifan ro’y berib qoldi. Uchchalamiz bir kuni yig’ildik va bir kontsert qo’ysak nima bo’lar ekan-a, deya o’yladik. Keyin shu ishga mahkam bel bog’ladik. Natijani esa o’zingiz bilasiz. Ayrim muxlislar chiptalar qolmaganini aytib, topib berishimizni so’rashganida "shok”ka tushib qoldik. Bunday quvonch har kuni ham bo’lavermasa kerak.
Zohid: — Birinchi marotaba konsertimiz 2009 yil fevral oyida "Hamza” nomidagi bilim yurtida bo’lib o’tgandi. Avgust oyida esa "Turkiston” saroyida ilk marotaba katta konsertimizni taqdim etdik. Bundan tashqari o’tgan yil hisobidan bir nechta viloyatlarda konsert dasturlari taqdim etdik. Esdan chiqmaydigani Farg’onaning Rishton tumaniga borganimizda bo’ldi. Hatto o’sha joylarda ham muxlislarimiz bor ekan.
— Shou-biznesga qay darajada amal qila olyapsizlar?
Jasur: — Hech qanaqasiga desak, bir oz adashgan bo’lamiz. Negaki, ayni paytda prodyuserimiz Baxtiyor To’rayev bizga anchagina yo’l-yo’riq ko’rsatib, shou-biznesdagi qonun-qoidalarni o’rganishimizga yordam beryapti.
— Halitdanoq mish-mishlarga duchor bo’lish sizlarga og’irlik qilmayaptimi?
Shohruh: — Avvaliga haqiqatda yomon botdi. Endi esa o’rganib qoldik. Eshitgan bo’lsangiz yaqindagina Zohidni va meni "o’ldi”ga chiqarishdi.
Zohid: — Haqiqatdan ham bunaqa sovuq mish-mishni eshitib o’zim ham anchagacha o’zimga kelolmay yurdim. Tanish-bilishlarim xavotirlanganidan qo’ng’iroq qilaverib charchashdi. Qizig’i, ovozimni eshitib turib ham ishonmaganlar bo’ldi.
— Sizlarga birinchi marotaba og’ir botgan holat?
Shohruh: — 2007 yilda kuylagan ilk qo’shig’imiz "Sevaveraman” xitga aylanganidan so’ng, bizga qarshi ish qila boshlashdi. Ya’niki, "Ummon” unaqa, bunaqa deya haqoratli qo’shiqlar kuylandi. Bu qo’shiqlar esa Shohruh repper bilan bog’liq gap-so’zlarga ulanib ketdi. Ya’ni, bizning ham guruhimizda Shohruh bo’lgani uchun bu qo’shiqlarni go’yoki biz kuylagandek bo’lib qoldik. Aslida bu bizni "sindirish” uchun qilingan ish edi. Ammo vaqt o’tib kimning kimligi ma’lum bo’ldi. Shundan bildikki, shou-biznes oson emas ekan.
Zohid: — Guruh bo’lishimizdan oldin, yolg’iz o’zim qo’shiqlar kuylab yurardim. O’sha ilk yaratilgan qo’shiqlarim "Play station” o’yin moslamasida bastalaganman. Keyinchalik esa haqiqiy musiqiy dasturlarda ijod qiladigan bo’ldik.
— "Jazo” nomi haqida yuqorida gapirib o’tdik. "Ummon” nomini kim topdi?
Shohrux: — Bu menga tegishli desam ham adashmayman. Yangi nom topish kerak bo’lganda, yonimizda bir she’riy kitob bor edi. Shunda do’stlarimga kelinglar, shu ruchkani kitobga mo’ljallamasdan qo’yamiz. Qaysi harfga tushsa, o’sha nom bizning guruh nomi bo’ladi, dedim. Ruchkani shundoq qo’yishim bilan ummon degan so’z turibdi-ku. Shu-shu guruh nomi "Ummon” bo’ldi. Ma’nosi barchaga ayon. Cheksizlik ma’nosini ifodalaydi. Ko’pchilikka yoqyapti.
Darhaqiqat, bu guruh allaqachon o’z muxlislarini topgan. Allaqachon to’ylari ham ko’payib qolgan. Qolaversa, mana katta konsert zalida konsert berishyapti. Demak, shou-biznesda reklamadagi kamtarlik bilan ham nom chiqarsa bo’lar ekan.


Ko'rish: 1029 | Qo'shish: bob | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Ism *:
Email:
Parol *:
Izlash
Zapislar arxivi
Sayt do'stlari
  • Sayt yaratish
  • Mobil Programmalar
  • ENG SO'NGI MAIL AGENTNI YUKLAB OLISH
  • Voy.uz
  • Kulguli yuz ko'rinishlar
  • Taom Retseptlari
  • Katalog
    Kilp [0]
    http://uzfayl.ucoz.ru/Klip/
    Sayt Taqvimi
    «  Май 2011  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    3031