WwW.Hayol.Uz Faqat Biz Bilan Vaqtingni O'tkaz!!! - Shou-Biznes va Musiqa Olami!!!
Sayt Menyusi
RASM VA MUSIQA
Ajoyib Imkoniyat Saytga o'z qo'shiq rasim va reklamalarizni joylashtirmoqchi bo'lsangiz bizga murojat qiling! Biz sizga yordam beramiz E-mail uzfayl.ucoz.ru@mail.ru va Tel;+998914537888 ga murojaat qiling.
Reklama
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Bosh » 2011 » Июнь » 4 » YEVGENIY UBIYKO KASHFIYOTI.
3:57:54 PM
YEVGENIY UBIYKO KASHFIYOTI.


Rus kashfiyotchisi Yevgeniy Ubiyko dunyoni global kataklizmdan ya’ni qadimgi mayya qabilasi bashoratiga ko`ra dunyo global kataklizm orqali yo`q bo`lib ketishda insonlarni qutqarib qolish maqsadida antiqa batiskafni o`ylab topdi. Kashf etilgan bu qurilma mini suv osti batiskafi olovda yonmaydi, suvda cho`kmaydi. Butun dunyo bo`ylab namoyish etilayotgan " 2012 " filmi insonlarni o`ylantirib qo`ydi, oxirat paytida qanday tirik qolish mumkin?

Kashfiyotchi shu maqsadda ajoyib mini batiskafni ixtiro qildi. Bu batiskaf ikki kishilik bo`lib, qaynoq vulqon suyuqligi, daxshatli toshqin va olovdan saqlaydi.

Ilgari Sobiq ittifoq davrida AQSH va Rossiya o`rtasida boshlangan sovuq urush ya’ni qurollanish poygasi davrida bu davlatlar o`zlarini ximoya qilish uchun bombalarga qarshi yerto`lalardan foydalanishgan. Xozirga kelib bunday yerto`lalar yaroqsiz bo`lib qolganini barcha biladi.Bu vaqtda olimlar shu xususda yangi texnologiyalar asosida turli kashfiyotlar olib borishmoqdaki, agarda oxir zamon boshlansa biz tirik qolamizmi, degan savollarni o`zlariga berishdan charchashmayaptilar.

O`zining bu kashfiyoti uchun bir pul xam olmagan Yevgeniy Ubiyko bor kuchi bilan o`zining kashfiyotini ishlab chiqarishga xarakat qilmoqda.Yevgeniy faqat bir xoldan qo`rqardi: " Ulgirmikanman?”.

YEVGENIY UBEYKO QO`RQMOQDA.

Kashfiyotchi fikriga ko`ra, qadimgi mayya xalqi insonlarga yuborgan bashoratida ogoxlantirishiga ko`ra, ya’ni bizning davrgacha yetib kelgan manbalarga tayanadigan bo`lsak, ming-ming yillar avval qadimgi xindu xalqi mayya qabilasi yetkazgan xabarga binoan ular tuzgan yil sonomasiga ko`ra bizning eramizning tugashi 2012 yilning 21 dekabriga to`g`ri kelar ekan. Yevgeniy Ubiyko fkriga ko`ra " 2012 " filmiga o`xshash birinchi 15 daqiqada yer yuzining ko`p qismi ulkan vulqonlar daryosiga aylanadi. Ko`p qavatli imorat va binolar vayronaga aylanadi. Yer yorilib yerdan vulqon lavalari qalqib chiqadi, ulkan 500 metrli balandlikka ega bo`lgan suv to`foni soatiga 500km/soat tezlikda xarakatlanib shaxarlarin ko`pib yuboradi. Shunday ofatlar yer yuzida ro`y berishi xaqida qadimgi xalqlar ming-ming yillar avval ogoxlantirib o`tishgan. Yevgeniy Ubiyko ta’kidlashicha bunday global ofatlar to`g`risida xazirda topilgan ko`pgina topilmalar va manbalar buni rostligini anglatmoqda.

Yer yuzi gravitatsion minimuni tashkil etadi, deya ta’kidlaydi kashfiyotchi. Bunday kritik nuqtaga yetib kelish esa 2012 yil 21 dekabrga kelib ro`y beradi. Bunda sayyoralar quyosh oldida bir chiziq bo`ylab joylashadi. Sayyoralar aro kuchli gravitatsion bo`ronlar bir – birini so`ndiradi. Eng daxshatlisi bu yadro qurollarini sinovdan o`tkazishlar, texnogen portlashlar, yoki oddiy yer qimirlashlar, meteoritlar xavfi yer yuzini o`z o`qi atrofidan chiqib ketishiga olib keladi.

Yerning o`z o`qi atrofida teskari tomonga aylanishi bunda shimoliy qutb AQSHning shimoliy shtatlarida paydo bo`lishi, Ekvator esa Moskva atrofida paydo bo`lishi mumkin.
Bunday ofatdan faqat 0.5% insonlar tirik qolishi mumkin, deydi, kashfiyotchi.
Bu xaqda Gerodotni bundan bir necha asr muqaddam tarixchilar va astronomlar xayratga soldirgan, qadimgi gilyaliklar va Amur nanaylaridan bizni davrgacha yetib kelgan topilmalar ushbu xaqda ma’lumot bermoqda.

Bunday global kataklizm xamma joyda xam ro`y bermaydi deya ta’kidlashmoqda olimlar. Ubiykoning fikricha Shimoliy Kanada va Sharqiy Sibir bunday ofatlardan jabr ko`rmas ekan.
Lekin, kashfiyotchi olim 2012 yil 21 dekabr Omsk shaxriga billet olmoqchi emas.
Balki shuning uchun men mini batiskaf ixtiro qildim deydi olim. Bu batiskaf ichida nafaqat oyda, balki suv va qaynoq lava bossa xam 40 sutkalik kislorod zaxirasi yordamida jon saqlash mumkin.
Kashfoyotchining batiskafi o`ta ingichka bazaltlangan to`qima xatto radiatsiyani, bazaltlangan issiq izolyatsiya, mustaxkam temir, epoksidli saqich mumlar xatto Chernobil portlashiga, ximik avariyaga dosh bera oladi.
Shunday modul Rossiyani Saeno – Shushens GESida yoki 2004 yil Indoneziyada ro`y bergan to`fonda bo`lganida insonlarni saqlab qolgan bo`lar edi deya, ta’kidlaydi olim.

AQSHda bunday qutqaruv kashfiyotlar ishlab chiqarilib sotilmoqda. Lekin, ularda kamchilik tomoni suvda suza olmas ekan.
Rus batiskafi esa nafaqat suvda suzadi, balki qotib qolgan lava ichida xam omomn qolish imkonin berar ekan.
Agar bunday batiskafni seriyali ishlab chiqishni yo`lga qo`ysam deydi, Ubeyko uning narxi 750 000 rubl, ya’ni eng qimmatbaxo xorij avtomobili narxida bo`lar ekan.

Yevgeniy Ubeykoni bunday kashfiyot qilishiga " 2012 " filmi undadi deb aytaolamaymiz. Sababi u qadimgi Mayya qabilasi aytgan bashoratga ishonar ekan.
Bundan tashqari bu bashorat xaqida nafaqat Mayaliklar balki boshqa olim va tarixchilar xam o`z fikrilarni bayon etib qoldirishgan.

TROYANSKLI MANUSKRIKT.

O`tgan asrda yashab fransuz olimi Braser de Burbur qadimgi mayya xalqining yozuvini o`qishga muvaffaq bo`lgan.

Troyanskli manuskrikt Yukatanda topilgan bo`lib, xozirda bebaxo topilma xisoblanadi va Britaniya muzeyida saqlanib kelmoqda.
Bu topilmada qadimgi xalqilar to`xtovsiz davom etgan daxshatli zil-zilalar oqibatida, ya’ni bundan 8060 yil muqaddam millionlab odamlarni xalok bo`lgani xaqida ma’lumot qoldirgan.

KORTEKS KODEKSI.

Ikkinchi qadimgi manuskrikt ya’ni qo`l yozma mayya "Korteks Kodeksi " Madridning milliy muzeyida saqlanib turibdi.
Bu qo`l yozmada esa bir kechada yer yuzining qattiq silkinishi natijasida btun yer yuzini suv bosishi xaqida ma’lumotlar keltirilib o`tilgan.

QUYOSH TOSHI.

Lekin, asosiy dalil esa mayya xalqining yozuvi Meksikaning antropologiya muzeyida saqlanadi.Bu mashxur " Quyosh Toshi " kalendar ya’ni yil solnomasidir.
Yevgeniy Ubeyko ta’kidlashicha, ulkan monolit tosh diametric 3,5 metr va og`irligi 24,5 tonnadir.
Olimlar ushbu toshni o`qishga xam muvaffaq bo`lishdi. Unga ko`ra: yer yuzida 4 ta sivilizatsiya vakillari xayot kechirishgan.
Xar bir sivilizatsiya vakillari ulkan katalizmlar va global ofatlar natijasida xalok bo`lishgan.

- Birinchi sivilizatsiya vakillari 4008 yil umr ko`rishgan va zil- zila oqibatida yo`q bo`lib ketishgan.

- Ikkinchi sivilizatsiya vakillari 4010 yil xayot kechirib kuchli dovul va Siklon oqibatida xalok bo`lishgan.

- Uchinchi sivilizatsiya vakillari 4018 yil yashab ulkan vulqon kraterlaridan otilib chiqqan olovli yomg`ir natijasida xalok bo`lgan.

- To`rtinchi sivilizatsiya vakillari 5026 yil umr ko`rishib, butun yer yuzini suv bosishi natijasida yo`q bo`lib ketishgan.

Biz esa beshinchi sivilizatsiya vakillari xisoblanar ekanmiz. Bizni beshinchi quyosh yoki quyoshli xarakat deb etashadi.
Shuning uchun bu erada yerning xarakati teskari tomonga qarab xarakatlanishi kutilmoqda.
Bu esa o`z navbatida oxir zamon bo`ladi degan mish-mishlarin yuzaga keltirib chiqarmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki " 2012 " vaximasi bir vaqtlar, 13 raqami kabi vaximalarni yuzaga keltirayotgan bo`lsa ajabmas.
Sababi oxir zamon faqatgina g`arb mamlakatlarning vaximasidan o`zga xech narsa emas.
Qiyomat qoyimni faqatgina yaratgan qilaoladi. O`sha kun bugun yoki ertaga, balki indinga xam bo`lishi mumkin.
Lekin yevropa mamlakatlari aytgan vaqtda yuz bermasligi aniq.

Ko'rish: 1045 | Qo'shish: bob | Reyting: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Ism *:
Email:
Parol *:
Izlash
Zapislar arxivi
Sayt do'stlari
  • Sayt yaratish
  • Mobil Programmalar
  • ENG SO'NGI MAIL AGENTNI YUKLAB OLISH
  • Voy.uz
  • Kulguli yuz ko'rinishlar
  • Taom Retseptlari
  • Katalog
    Kilp [0]
    http://uzfayl.ucoz.ru/Klip/
    Sayt Taqvimi
    «  Июнь 2011  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
      12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    27282930