WwW.Hayol.Uz Faqat Biz Bilan Vaqtingni O'tkaz!!! - Shou-Biznes va Musiqa Olami!!!
Sayt Menyusi
RASM VA MUSIQA
Ajoyib Imkoniyat Saytga o'z qo'shiq rasim va reklamalarizni joylashtirmoqchi bo'lsangiz bizga murojat qiling! Biz sizga yordam beramiz E-mail uzfayl.ucoz.ru@mail.ru va Tel;+998914537888 ga murojaat qiling.
Reklama
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Bosh » 2011 » Май » 31 » Ozodbek Nazarbekov
3:57:27 PM
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov

Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan.

1994 yildan qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z ijodiy faoliyatini boshlagan.

2002 yildan buyon "O`zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.

Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.

2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida "Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar do`stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15-16-17 aprel kunlari "Sening darding...”, 2007 yil 7-14 aprelda "Diydor shirin”, 2008 yil aprelda "Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda "Yaprog’imiz azim chinorning”, 2009 yil 4-24 aprelda "Mushtarak manzil”, 2010 yil 5-23 aprel kunlari "Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert dasturlarini o`z muxlislariga taqdim etdi.

Honandaning shu kungacha 11 ta audio, 8 ta video kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyg’ur nomidagi san`at oliygohining talabasi bo’ldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

2007 yil Oliy mukofotlardan biri "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi. 2010 yilda elu yurtning yuksak mukofoti "O’zbekiston Xalq artisti” unvoniga sazovor bo’ldi. 2010 yil мusiqa va tele video аsarlari nominasiyasi "M&TVA 2010” taqdimotining "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo’lga kiritdi.

2010 yil men uchun juda ham omadli keldi. Hayotimda o’zim kutmagan voqealar sodir bo’ldi. Olgan mukofotlarimda hammangizning hissangiz bor. 2011 yil sizlarga ham kutilmagan omadlarni olib kelsin. Hamisha baxtimga omon bo’linglar, aziz muxlislarim!

Ko'rish: 891 | Qo'shish: bob | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Ism *:
Email:
Parol *:
Izlash
Zapislar arxivi
Sayt do'stlari
  • Sayt yaratish
  • Mobil Programmalar
  • ENG SO'NGI MAIL AGENTNI YUKLAB OLISH
  • Voy.uz
  • Kulguli yuz ko'rinishlar
  • Taom Retseptlari
  • Katalog
    Kilp [0]
    http://uzfayl.ucoz.ru/Klip/
    Sayt Taqvimi
    «  Май 2011  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    3031