Shamollar xazonlarni quvgan kabi Har dam hayollarim izlaydi seni Sokin tun bolishing quchganing kabi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Qaniydi kaftimni bosib yuzingga Dardlaring, g’amlaring ololsam qani, Zuhro ham Tohirni quchgani kabi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Nega yo’llarimiz bizlarning ayro, Nega qalb tushunmas sendan men judo Farishta duosiga tutilgan sado Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Telbadek kunlarim tunlarga ulab, Shivirlar ostida erkamni kuylab, Orzuning, umidning boshidan silab… Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Achchiq bo’lar ekan sog’inch so’rog’i Tark etmas dilimni taqdir tuzog’i… Subhidam yangrasa oshiqlar ohi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
Manzilim yo’qotgan bir sayyoh kabi Jonim deyolmasman sendan o’zgani Doim so’roqlagan hislarim haqqi Bir lahza bag’ringda tutib tur meni
|